Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muammolar bartaraf etildi, 49 nafar fuqaro ishga joylashdi

Nurobod tumani 18-son musiqa va san’at maktabi binosida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida umumprofilaktik tadbir, fuqarolar oldida turgan muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etishga qaratilgan uchrashuv hamda bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yig‘ilishda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi a’zolaridan F.Shukurova, D.Imomova, I.Urolov, A.Rahmatova “Xo‘ja Nisbatdor” jomiye masjidi imom xatibi, B.Boboxonov, tuman prokurori R.Hakimovlar so‘zga chiqib, yoshlarda vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni, mas’uliyati va majburiyatini kuchaytirish, o‘sib kelayotgan avlodni turli salbiy kuchlar ta’siridan har tomonlama himoyalash choralarini ko‘rish, joylarda daxldorlik, ogohlik, xushyorlikni oshirish va  boshqa dolzarb masalalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilaridan ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 nafar fuqarolar bilan viloyat ishchi guruhi alohida suhbat olib bordi.

Suhbat davomida fuqarolardan uy-joyga egalik, imtiyozli kredit olish, tibbiy xizmatga oid muammolar aniqlanib, joyida bartaraf etildi.

 “Mehnat yarmarkasi”da 67 tashkilot 317 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Fuqarolardan 49 nafariga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilib, ularning barchasiga nisbatan shu kunning o‘zida ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlar rasmiylashtirildi.

Tashkil etilgan “Kitob savdo yarmarkasi” davomida ishtirokchilar tomonidan 34 ta badiiy kitoblar xarid qilindi.