Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muftiy Usmonxon Alimov og‘ir judolikka uchradi

Muftiy Usmonxon Alimovning ukasi Sultonxon Alimov vafot etdi.

Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan bu bandasini mag‘firatiga olsin, farzandu nabiralariga sabru jamiyl berib, qazoi qadarini iymon ila, rozilik ila qarshi olganlar qatorida ajru mukofotlar ato etsin.

Janoza namozi ertaga, 13 dekabr kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘ida bo‘ladi. Bu haqda muslim.uz telegram kanalida ma’lum qilindi.

Sultonxon Alimov vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.