Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muftiy Usmonxon Alimov Vena shahridagi nufuzli anjumanda ishtirok etadi

Bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodaning taklifiga binoan Avstriyaning Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu yirik anjuman Kavkaz musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Avstriyaning Federal hukumati hamkorligida tashkil etilgan. Unda Islom birdamligi va dinlararo muloqot mavzulari muhokama qilinadi. Ko‘plab davlat va din arboblari, taniqli ulamolar qatnashadi.