Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mukofotlar muborak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 6 martda qabul qilingan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, bir guruh faol va fidoyi xotin-qizlar davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:

 

«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN YoShLAR MURABBIYSI»

faxriy unvoni bilan

 Salohiy Dilorom Isomiddin qizi – Samarqand davlat universitetining mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri

«ShUHRAT» medali bilan

Xamdamova Mavluda Norimovna – “Hunarmand” uyushmasining Samarqand viloyati boshqarmasi “Ustoz-shogird” maktabi rahbari