Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mulkdor ob’yektdan foydalanmasa qo‘shimcha soliq to‘laydi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustda “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyat hokimining ham qarori qabul qilindi. Qaror asosida viloyatda foydalanilmayotgan ob’yektlarni aniqlash bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.

Ular ob’yektlarni joyida o‘rgangan holda xatlovdan o‘tkazib, ta’sirchan soliq mexanizmini joriy etish yuzasidan hisobotlar tayyorlaydi va ularni ishga tushirish choralarini tahlil etmoqda. Ob’yektlarni ishga tushirishda investorlarni jalb etishga ko‘maklashish, ob’yektda faoliyat yo‘lga qo‘yilganda ta’sirchan soliq mexanizmini to‘xtatish yuzasidan soliq idoralariga xulosalar beradi.

Foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlariga mol-mulk va yer soliqlari amaldagi stavkaga nisbatan 3 oygacha ikki barobar, 3 oydan o‘tgandan so‘ng besh barobar, 6 oydan so‘ng o‘n barobar, 12 oydan boshlab kelgusi har 12 oyga oxirgi oshirib qo‘llanilganga nisbatan ikki barobar miqdorda qo‘llaniladi. Foydalanilmayotgan ob’yektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishi to‘xtatiladi. Hozirda ishchi guruh tomonidan foydalanilmayotgan ob’yektlar xatlovdan o‘tkazilib, ishga tushirish va ularning hisobini yuritish ishlari olib borilmoqda.