Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun mushakbozlik munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi

Samarqand shahar hokimining farmoyishiga ko‘ra, Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan mushakbozlik tadbiri sababli bugun soat 20:00 dan 23:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi:

Ibn Sino ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan qismidan, Dahbet ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha;

Shohi Zinda ko‘chasining Dahbet ko‘chasi bilan tutashgan qismidan, Amirshox Murod ko‘chasi bilan tutashmasigacha bo‘lgan qismi;

Vohid Abdullo ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashgan qismidan Hazrati Xizr majmuasigacha bo‘lgan qismi;

Maroqand ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashgan qismidan, “Siyob dehqon” bozorigacha bo‘lgan qismi;

Islom Karimov ko‘chasining Shohi Zinda ko‘chasi bilan tutashgan qismidan, Hazrati Xizr majmuasigacha bo‘lgan qismi;

Imom Buxoriy ko‘chasining Chorraha ko‘chasi bilan kesishgan qismidan, “Siyob dehqon” bozorigacha bo‘lgan qismi.