Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mutasaddilar aralashgach, nurbuloqlik ikki qo‘shni murosaga keldi

Nurobod tumani Nurbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida yon qo‘shnilar B.Z. va Sh.S. uzoq yillardan buyon hovlisi o‘rtasidagi yer maydoni ustida janjallashib kelishayotgan edi.

Joriy yilning 7 oktyabr kuni viloyat mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda Nurobod tumani hokimligi, tuman sektor rahbarlari devor-darmiyon qo‘shnilarning ushbu kelishmovchiligiga barham berish choralarini ko‘rishdi.

Qo‘shnilarning hovli yer maydonlari hujjati mutaxassislar tomonidan qonun talablari doirasida o‘rganilgach, ularga tegishli maydonlar belgilab berildi. Shundan keyin nurbuloqlik ikki fuqaro “Qo‘shnichilik – ming yilchilik” aqidasiga amal qilishga kelishib oldi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.