Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mutasaddilar Past Darg‘omdagi quvurdan gaz chiqishi noma’lum shaxslar tomonidan soxtalashtirilganini bildirmoqda

Bir hafta oldin ijtimoiy tarmoqlarda magistral quvur yorilib, gaz sizib chiqayotgani haqda video tarqalgan edi. Tarqalgan mazkur xabarlarga asoslanib, holat Past Darg‘om tumanining Qo‘shchinor mahallasida ro‘y bergan bo‘lishi mumkinligi aytgandik.

Tuman hokimligi axborot xizmati hamda tuman gaz ta’minoti hodimlari holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aytilishicha, lavhada ko‘rsatilgan joyda tuman gaz ta’minoti vakillari o‘rgnish o‘tkazgan. Videlavhada ko‘rsatilgan quvurdan bir necha yildan buyon gaz ta’minotida foydalanilmaydi. Mutasaddilar tahririyatga taqdim etgan videolavhada mazkur quvurdan hozirda gaz sizib chiqmayotgani aks etgan.

“Quvurdan gaz sizib chiqish holati noma’lum shaxslar tomonidan yolg‘ondan tashkil etilib, tarqatilgan. O‘sha joyda avvaldan gaz kondensati quyib keyin gugurt chaqib ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin deyiladi tuman gaz ta’minoti vakillari bayonotida”.