Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Myanmada yer ko‘chishi oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

Myanmaning neft qazib olish hududida yuzaga kelgan yer ko‘chishi oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Mahalliy o‘t o‘chirish xizmati boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, yer ko‘chishi 2 iyul kuni ertalab Kachin shtati Xpakan qishlog‘ida ro‘y bergan. Yer ko‘chishiga kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ayni vaqtgacha voqea joyida 50 kishining tanasi topilgan.