Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Namanganda «Damas» va «Isuzu» to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Kecha, 29 avgust kuni soat 17:30 larda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani Navro‘z MFYda yashagan 52 yoshli A.A. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasini Tegirmon MFY hududidan o‘tuvchi «Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod» yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan.

Bu vaqtda shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Andijon viloyatida yashovchi 24 yoshli S.M. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasi unga kelib urilgan.

Natijada «Damas» avtomashinasi haydovchisi A.A. jarohat olib voqea joyida, uning ikki nafar yo‘lovchilari esa kasalxonaga olib kelinganida vafot etgan.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.