Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narkokurerning yashirin xatti-harakati fosh bo‘ldi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro A.U. xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning egnidagi kalta kamzuli cho‘ntagidan 3 dona gugurt qutisi hamda qog‘ozga o‘ralgan, quritilgan holdagi “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, fuqaro A.U.ning yonidan chiqqan giyohvandlik moddalarining sof vazni 7,07 gramni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.