Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpay va Paxtachidagi ikkita oilaviy korxona qariyb bir milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.O.” oilaviy korxonasi rahbari payvandlash va boshqa uskunalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 830,3 million so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.B. o‘z xonadonida toshni kesish, ishlov berish va pardozlash xizmatini ko‘rsatish uchun “F.B.” oilaviy korxonasini tashkil etib, tegirmon va boshqa uskunalarni o‘rnatib, elektr ta’minoti korxonasi ruxsatisiz 133,8 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.