Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayda o‘tin uchun 4 tup tut daraxti kesib tashlandi

Narpay tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari "Ipak yo‘li" mahallasi hududida o‘tkazgan kuzatuv reydi davomida yuqoridagi holatga duch kelgan. Bu haqda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur mahallada yashovchi Yu.A. “Yo‘ldosh-Toshnazar” fermer xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi xo‘jalik arig‘i chekka qismida o‘sib turgan 4 tup tut daraxtini o‘tin qilish maqsadida noqonuniy ravishda kesib tashlagan.

Unga nisbatan bazaviy hisoblashning 5 barobari, ya’ni 1 350 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan. Shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 12 420 000 so‘m hisoblanib, undirish choralari ko‘rilmoqda.