Narpayda qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan shaxslar ushlandi
- 21.01.2025 17:53
- 482
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar O.E. va J.S. o‘zaro til biriktirib, “Mirbozor bozori” MChJ hududida “Paynet” xizmati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar O.J. va D.R.ning shoxobchasidan boshqa fuqarolarning plastik kartasiga jami 5,6 million so‘m pul o‘tkazib, evaziga qalbaki 500 AQSh dollarini berganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
G‘azo sektori Falastin ma’muriyatiga topshiriladi
- 1 soat avval
- Xorij
«Okaxonning komandasi». Hajviya
- Kecha, 14:30
- Mutolaa
Ibratli hikoya: Oyoq ostidagi baxt va baxtsizlik
- 16/02, 10:11
- Mutolaa