Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpaylik o‘quvchi “Afrosiyob” poyezdi oynasiga shikast yetkazdi

Shu yilning 3 yanvar kuni soat 17:10 da Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga boshqarmaning yo‘lovchi poyezdlarni kuzatish bo‘limi navbatchisi  “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdiga noma’lum kimsa biror jism uloqtirgani haqida xabar berdi.

Olib borilgan tezkor surishtiruvga ko‘ra, bu holat “Ziyovuddin-Zirabuloq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining poyezd yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomondan 6-vagoni 3-oynasiga qattiq jism kelib tegishi oqibatida darz ketganligi aniqlandi. Ushbu huquqbuzarlikni Narpay tumani Alisher Navoiy nomli mahallada yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan, maktab o‘quvchisi M.Sh. sodir qilgan.

Ayni paytda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi ushbu holat yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bormoqda.