Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayliklar yangi kutubxonada 10 mingta kitob o‘qimoqchi

Narpay tumanidagi Mirbozor qo‘rg‘onida yangidan barpo etilgan “Kitob olami” yoshlar kutubxonasi ishga tushdi.

427 million so‘mlik loyiha asosida bunyod etilgan kutubxonada 10 mingga yaqin turli mavzudagi adabiyotlar o‘rin olgan. Zamonaviy tarzda qurilgan shinam kutubxonada WI-FI tarmog‘i yo‘lga qo‘yilgan va 300 ga yaqin adabiyotlarning elektron nusxasi o‘rin olgan. Mazkur madaniyat markazida nafaqat kitob mutolaa qilish, balki kitobxonlar o‘zlari qiziqqan adabiyotlarni xarid qilish imkoniyatiga ham ega.