Navoiyda tug‘ma yurak nuqsoni bo‘yicha ilk murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
- 29.05.2019 17:51
- 84
- Salomatlik
Joriy yilning 25 may kuni Navoiy viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida birinchi marta yurak tug‘ma nuqsoni bilan og‘rigan 26 yoshli bemorning yuragi operatsiya qilindi. Zarnews.uz saytiga xabar berilishicha, operatsiya jarayoni muvaffaqiyatli o‘tgan.
Operatsiyani tibbiyot fanlari doktori Nabijon Yuldashev, tibbiyot fanlari nomzodi Murodjon Ahmedov va xirurgiya bo‘limi mudiri Jahongir Sanaqulovlar amalga oshirgan.
Jamolbek Salomov.
Teglar:
operatsiya