Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Neksiya" haydovchisi yo‘l chetida harakatlanayotgan velosipedchining hayotiga zomin bo‘ldi

Haydovchining yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlariga amal qilmasligi og‘ir oqibatni yuzaga keltirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 mart kuni soat 23:30 larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 4R35 avtomobil yo‘li, “Gagarin-Jizzax” yo‘nalishining 11 kilometrida, ushbu tumanda yashovchi S.X. “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlariga amal qilmasligi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonida velosipedda harakatlanayotgan fuqaro K.J.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Buning oqibatida fuqaro K.J. tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.