Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Neksiya" va traktor to‘qnashdi. Vafot etganlarning shaxsi aniqlanmoqda

Joriy yilning 9 mart kuni soat 09:00 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida "Neksiya" va traktor ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Teletsentr OFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil aylanma yo‘lida haydovchi K.X. “FN 953 LOBOL” rusumli traktorni boshqarayotib chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda uning ortidan harakatlanib kelayotgan haydovchi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida traktorning kovuchiga borib urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda “Neksiya” atomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Yong‘in chiqishi tufayli “Neksiya” avtomashinasi yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

IIV YHXBB yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishlarini so‘ragan.