Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nimani, qancha iste’mol qilish kerak?

Rivojlangan davlatlarda, ayniqsa keyingi 20 yillar davomida jismoniy mehnatning kamayib, aqliy mehnatning ko‘payishi, tarkibida rafinadlangan mahsulotlarni iste’mol etish natijasida ateroskleroz, qon bosimi oshishi, qandli diabet, o‘ta semizlik, yurak kasalliklari va yo‘g‘on ichak raki kabi kasalliklar ko‘paymoqda. Sabzavotlarda oshqozon-ichak yo‘lida hazm bo‘lmaydigan ozuqaviy tolalar mavjud. Inson organizmida klechatka qand moddasigacha parchalovchi fermentlar bo‘lmaganligi sababli klechatka va pektin oshqozon-ichak yo‘llaridan deyarli hazm bo‘lmay o‘tib ketadi. Lekin, ular ichak devorchalariga ta’sir etib, ularni harakatlantiradi va ichakdagi ozuqaviy massalarni harakatlanishi natijasida ichakdan chiqib ketishiga yordamlashdi. Ya’ni, oshqozon-ichak yo‘llarini har xil kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi qoldiqlardan tozalaydi.

Ozuqaviy tolalar nonda, meva va sabzavotlarda, ayniqsa sabzi, lavlagi, karam, olxo‘ri, olmada ko‘p bo‘ladi.

Inson bir kunda 30-70 g ozuqaviy tolalarni iste’mol etishi kerak. Lekin, olimlar o‘tkazgan ilmiy izlanishlarida qayd etilishicha, hozirgi paytda shahar va hatto qishloq joylarida ham bu me’yor 20 g.dan oshmaydi.

Meva, sabzavot va rezavorlarni ovqatlanish ratsionida yetishmasligi organizmda C va P vitaminlarini organizmda kamayishiga olib keladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarida va organizmda mineral moddalarning miqdori jihatidan makro va mikroelementlarga bo‘linadi. Mikroelementlar organizm to‘qimalarini, ayniqsa, suyak to‘qimasini qurishda katta rol o‘ynaydi. Kalsiy moddasining manbai sut mahsulotlari hisoblanadi. Katta yoshdagi odamlar uchun kalsiy va fosforning nisbati 1:1-1,5 optimal hisoblanadi. Bu nisbat sigir sutida 1:0,8, mol go‘shtida 1:2, tuxumda 1:3, tvorogda 1:1,4, karam va olmada 1:0,7, sabzida 1:1 ni tashkil etadi. D vitaminining yetishmovchiligi natijasida kalsiyning so‘rilishi buziladi. Xuddi shunday ratsionda oqsilning yetishmasligi kalsiyning hazm bo‘lishini yomonlashtiradi. Kalsiyning organizmdagi miqdori bo‘yicha kislorod, uglerod, vodorod va azotdan keyin turadi. Suyak to‘qimalari, asosan, kalsiy, magniy va fosfordan iborat bo‘ladi. Organizmdan kalsiyni deyarli 99 foizi suyak to‘qimalarida joylashgan. U suyaklarni mustahkamlaydi.

Eng tez hazm bo‘ladigan kalsiy elementi sut va sut mahsulotlarida bo‘ladi. Shu mahsulotlardagi kalsiyni o‘zlashtirish darajasi baribir 50 foizdan oshmaydi. Boshqa mahsulotlarda, ayniqsa, go‘sht mahsulotlari tarkibidagi kalsiyni o‘zlashtirish darajasi bundan ham past.

Yodning odam organizmidagi miqdori 100-150 mg tashkil qiladi. Uning yarmidan ko‘pi qolqonsimon bezda yig‘ilgan bo‘ladi. U yodli gormonlarni sintez qilish uchun ishlatiladi. Bunday gormonlar organizm organlarining barcha sistemalarining faoliyatini boshqarishda qatnashadi. Yodning sog‘liqni saqlashda ham ahamiyati juda katta, chunki u mikroorganizmlarni halok qiladi.

Asosiy mahsulotlarda yodning miqdori juda ham kam. Faqat baliq go‘shtlarida ko‘proq bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarida yodning juda ham kamligini hisobga olgan holda O‘zbekistonda yodlangan tuz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

  Abdumalik Xudoyberdiyev, Najmiddin Mo‘minov, dotsentlar.