Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

NNTlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar tanlovi e’lon qilinadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi buyurtmasiga asosan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari uchun Davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:

1. NNTlarning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash, davlat xaridlari va ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiya alomatlari mavjudligi yuzasidan tahlillar o‘tkazish - 220 mln. so‘m;

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jurnalist va blogerlarning jurnalistik surishtiruvlarini tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish - 200 mln. so‘m;

3. Respublika bo‘ylab fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaning hayotga ta’sirini baholash, hududlar va sohalar bo‘yicha korrupsiya darajasi, sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va tahlil qilish - 300 mln. so‘m.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar joriy yilning 30 apreligacha qabul qilinadi.

❗️Tanlov shartlari va ariza namunalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: