Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

NNTlarga grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi jamoat fondi tomonidan 2-tur – “Jamiyatda inson huquqlari va muloqot madaniyatini yuksaltirishda NNTlar faolligini oshirish” mavzusidagi hamda 3-tur “Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, mahalla va oilalarda sog‘lom turmush tarzini va aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashda jamoatchilikni keng jalb qilish” mavzusidagi davlat granti tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.

Har biri uchun 30 million so‘mlik, 2-tur tanlovda g‘olib bo‘lgan 6 ta, 3-turda yuqori ball to‘plagan 4 ta, jami 10 loyiha uchun 300 million so‘mlik sertifikatlar berildi.

- Loyihamizning maqsadi oilalarda, xususan, bolalar o‘rtasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishdan iborat, - deydi Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiasi rahbari Xurshida Ziyodullayeva. – Ma’lumki, bugungi kunda bolalarning mobil aloqa vositalariga qiziqishi kuchli. Ular qo‘lidagi telefon orqali mentalitetimizga xos bo‘lmagan o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘layotganini ko‘p uchratganmiz. Biz milliyligimiz aks etgan, bolalarning aqlini charxlashga xizmat qiladigan o‘yinlar orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan tadbirlarni rejalashtirganmiz.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV (foto).