Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nogironlar uchun ajratilgan o‘rindiq joyiga qaytarildi

Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i I.Xamrayev bu haqda ma’lum qildi.

Facebook sahifamizga kelgan javobga ko‘ra, viloyat transport boshqarmasi Zarnews.uz saytida berilgani “Nogironlar uchun ajratilgan o‘rindiq qani?” sarlavhali xabarni joyiga chiqib o‘rgangan. O‘rganishda “Aziz Xilola Trans” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 51- yo‘nalishdagi avtobusda haqiqatdan ham nogironlar uchun ajratilgan o‘rindiq yo‘qligi aniqlangan.

Ushbu kamchilik bartaraf etilib, “Aziz Xilola Trans” MChJ rahbariyati boshqa bu holat takrorlanmasligi bo‘yicha ogohlantirilgan. Bunday holat qayta takrorlansa, litsenziyani to‘xtatishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi tushuntirilgan.