Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi

Eslatib o‘tamiz, Qonunga ko‘ra:

- tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport inshootlari, dam olish, shuningdek, turistik ob’yektlardan bepul foydalanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;

- davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarga, fuqarolarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatishning davlat kafolatlari dasturi doirasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha choralar ko‘radi;

- davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta’lim olishini kafolatlaydi;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish huquqiga ega;

- nogironligi bo‘lgan shaxslar imtiyozli shartlar asosida ijtimoiy uy-joy olish huquqiga ega;

- mehmonxonalarda kamida bitta xona o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlanishi, shuningdek, eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilishi ta’minlanishi shart;

- mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali ma’lum qildi.