Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Noshirlik faoliyati takomillashmoqda

Gap Samarqand shahridagi “Erudit” ijodiy markazida “Noshirlik faoliyati sohasidagi huquqiy asoslarni takomillashtirish” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati haqida bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi   Axborot va ommaviy komunikatsiyalar agentligi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda deputatlar, noshirlik va matbaa sohasi xodimlari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

-  2019 yil 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Sharafutdinov. – Kecha qabul qilingan qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirning bugun Samarqandda o‘tkazilayotgani bejiz emas. Sababi, shu paytgacha amalda bo‘lgan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilish bo‘yicha aynan samarqandlik noshirlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari takliflar kiritgan edi.

Tadbir qizg‘in bahslar asosida davom etdi. Ishtirokchilar qonunning yangi tahririga “noshirlik faoliyati”, “nashriyot”, “noshirlik mahsuloti”, “matbaa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi”, “nashrniing chiqishiga doir ma’lumotlar”, “noshirlik faoliyati sub’yektlari” kabi tushunchalar kiritilayotgani nafaqat amaldagi qonunning muayyan qoidalari noaniqligining oldini olishini, balki zamonaviy qonunchilik texnikasiga, hozirgi amaliyotning talablariga, shuningdek, noshirlik faoliyatining institutsional rivojlanishidagi tendensiyalariga muvofiq matnni bayon etish uchun konstruktiv imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Shuningdek, qonun loyihasiga o‘z takliflarini bildirishdi.

To‘lqin Siddiqov,

Husan Eltoyev (foto).