Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod tumani Hazarmali qishlog‘i mobil aloqa xizmati bilan ta’minlandi

Kuni kecha Hazarmali qishlog‘ida Uzmobile filiali baza stansiyasi o‘rnatilib, ushbu qishloqda istiqomat qiluvchi 2000 ga yaqin aholi mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishi yo‘lga qo‘yildi. Buni ushbu hudud faollari va keng jamoatchilik katta xursandchilik bilan qabul qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini  rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.

Relef jihatdan notekis bo‘lgan mazkur hududda avvallari aloqa o‘rnatish imkoniyati imkonsiz edi, ba’zida qir ustida aloqa o‘rnatilar edi. Endi esa bunga barham berilib, chekka hududlarda mobil aloqa qamrovini kengaytirish va aholi punktlarini 100 foiz aloqa qamrovi bilan ta’minlash chora-tadbirlari natijasida mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatildi.

Mazkur chora-tadbirlar rejasining bajarilishi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.