Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Nurobod tumani hokimi F.Zoirovning farmoyishiga ko‘ra, Navro‘zjon Rahmonov tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

N.Rahmonov shu kungacha tuman hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.