Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Sherxolov Samariddin Iskandarovich Nurobod tumani hokimining qarori bilan tuman hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

S.Sherxolov 1989 yil Nurobod tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

U ushbu tayinlovga qadar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi mahallalarda murojaatlar bilan ishlash va interaktiv xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

***

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining tegishli qarori bilan Urgut va Nurobod tumanida yangi hokim o‘rinbosari shtati joriy qilingandi.

Bir muddat avval Urgut tumani hokimiga innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergan edik.