Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod tumanida 7 ta maktab filiallariga yangi bino qurildi

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Nurobod tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 7 ta maktablarning filiallari yangitdan qurilib foydalanishga topshirildi.

Tumanning Sazag‘on, Sarikul, Omandara, Qo‘rg‘oncha, Nurafshon, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 11, 17, 21, 49, 58, 66 va 60-umumiy o‘rta ta’lim maktablari filiallari jami 340 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, xonalar o‘quv jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan.

Ushbu filiallarning qurilishi uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 358 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.