Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda 2020 ta ko‘chat ekilib, “Yoshlar bog‘i” tashkil etilmoqda

Xalqimizda azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratgan insonlar ulug‘langan. Bahor kirib kelishi bilan, har bir kishi nimadir ekishga ishtiyoq sezadi. Ayniqsa, Navro‘z bayrami arafasidagi umumxalq hasharlarida turli daraxt va gul ko‘chatlarini o‘tqazish yaxshi an’anaga aylangan.

Nurobod tumani hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda Nurobod tumanining “Mash’al” mahallasi hududidagi 2,5 gektar yer maydonida “Yoshlar bog‘i” tashkil etilmoqda.

Mazkur bog‘ “2020 yilga 2020 ta ko‘chat” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, hududga 2020 ta manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.