Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda aliment to‘lamagan besh nafar ota 15 sutkaga qamaldi

Nurobod tumanida yashovchi R.X. va B.Sh. hamda I.A.lar 3 nafar, A.A. va D.B.lar esa 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pulini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun 15 sutkaga qamaldi.

Huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi bilan birga ma’muriy qamoqda saqlangan har bir kuni uchun davlatga eng kam oylik ish haqining 15 foizidan to‘lab boradigan bo‘ldi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.