Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda ayrim turdagi jinoyatlar oshgani aytildi, tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Nurobod tumanidagi jinoyatchilik ahvoli, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi va qonunchilik masalalari, shuningdek, viloyat IIB ning inspektorlik tekshiruvi yakunlariga bag‘ishlangan tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

IIB xabariga ko‘ra, muhokamada tumanda ayrim turdagi jinoyatlar oshganligi qattiq tanqid ostiga olingan.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa, bir guruh xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar qo‘llanilgan. Tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, xodimbay ishlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.