Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda baynalminalchi jangchi xotirasiga musobaqalar tashkil etildi

Bugun, 7 yanvar kuni Nurobod tumanida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tumandagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Vatanparvar" tashkiloti  Nurobod tumani o‘quv sport texnika klubi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, yoshlar ittifoqi, mudofaa ishlari, xalq ta’limi bo‘limlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda baynalminalchi jangchi Burxon Daminov xotirasi eslandi.

Jangchi xotirasiga bag‘ishlab maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka, voleybol turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

G‘olib jamoalarga Nurobod tumani o‘quv sport texnika klubi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hoshim QOBULOV.