Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda ochilgan MChJda 15 ta yangi ish o‘rni yaratildi

Nurobod tumanining “Jom chashmasi” MMTP hududida joylashgan Sariko‘l mahallasida parranda mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan “Samarqand diyora lyuks” mas’uliyati cheklangan jamiyat ish boshladi.

Loyiha qiymati 13 milliard so‘m bo‘lgan mazkur jamiyat tomonidan bir yilda 96 ming dona parranda go‘shti ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda bu yerda 15 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, 15 ming dona jo‘jalar parvarishlanmoqda.

“O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, sifatli parhezbop mahsulotlar yetishtirish, parrandalarni o‘z vaqtida veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish agroinspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.