Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda xorijiy davlatlardan qaytib kelgan mehnat migrantlarining 267 nafari yo‘llanma asosida ishga joylashtirilgan

Nurobod tumani Bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 2476 nafar fuqarolarning ishga joylashish borasidagi murojaatlari o‘rganib chiqilgan.

Ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning 1329 nafari ishga joylashtirilgan, 155 nafari taklif etilgan ishlarni turli sabablarga (ish xaqqining kamligi, ishning malaka mutaxassisligiga mos emasligi) ko‘ra, rad etilgan.

Markazga ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolardan 177 nafariga ma’qul keluvchi ish bulmaganligi sababli ishsiz sifatida ro‘yxatga olinib, ularni ijtimoiy qullab-quvvatlash choralari ko‘rilgan. Jumladan, ularning 110 nafariga ishsizlik nafaqasi, 77 nafariga imtiyozli kridet olish uchun tavsiyanomalar berilgan.

Xorijiy davlatlardan qaytib kelgan mexnat migrantlaridan 267 nafari tuman Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida ishga joylashtirilgan. 401 nafari mustaqil ravishda ishga joylashgan bo‘lsa, 562 nafari o‘zlarining ta’dbirkorlik faoliyatlarini boshlagan.

Bundan tashqari, tumandagi mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash maqsadida 6 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ushbu yarmarkalar 660 nafar fuqarolar qamrab olingan.

Shuningdek, tumanda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 42 nafar xotin-qizlarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, 2019 yilda ulardan 40 nafari ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 1 nafarining 2 yoshga to‘lmagan farzandi borligi sabab ishga joylashmagan.

Bugungi kunda tumandagi 74 ta korxona va tashkilotlarda 194 ta bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiya) mavjud bo‘lib, ushbu bo‘sh ish o‘rinlari asosan umumta’lim maktablarida, sog‘liqni saqlash tizimida, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish korxonalarida va boshqa iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarda mavjud.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.