Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda “Yangiobod” oilaviy shifokorlik punktining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurobod tumani “Boshquduq” mahallasida zamonaviy qiyofa kasb etgan “Yangiobod” oilaviy shifokorlik punktining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Yangiobod” OShP hududdagi 7 ming nafarga yaqin aholiga birlamchi tibbiy sanitariya profilaktik yo‘nalishida tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, OShPda tez yordam shaxobchasi ham mavjud bo‘lib, shaxobcha “Boshquduq” va “Oltinsoy” mahallalari aholisiga tez tibbiy yordam xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.

Oilaviy shifokorlik punktida 25 nafar xodimlar faoliyat yuritib, ularning 1 nafari shifokor, 20 nafari o‘rta tibbiyot xodimlari va 4 nafari xo‘jalik xodimlaridir.

Oilaviy shifokorlik punktining eski binosi o‘tgan asrning 90 yillarida barpo etilgan bo‘lib, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi.

Oilaviy shifokorlik punkti 300 mln. so‘m viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari evaziga kapital rekonstruksiya qilinib, maskanda 50 o‘rinli davolanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.