Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nuroboddagi issiqxonalar qachon bitadi?

"Zarafshon" gazetasining 2019 yil 7 fevral, 16-sonida tahririyatimizga kelgan murojaat yuzasidan "Issiqxona qachon bitadi, Xoliqulov?!" sarlavhali maqola chop etilgandi.

Unda Nurobod tumani Jom qishlog‘ida istiqomat qiluvchi O.Norboyev hovlisida issiqxona tashkil etish maqsadida kelini nomiga bank krediti rasmiylashtirgani, mablag‘ "Nurobod agro tomorqa servis" MChJ hisob raqamiga ko‘chirgan bo‘lsa-da, tashkilot hamon issiqxonani bitirib bermagani haqida so‘z yuritiladi.

Ordan qariyb bir oy o‘tib, O.Norboyev bilan bog‘landik. Uning aytishicha, hamon o‘zgarish bo‘lmagan, ammo Bosh prokuraturaga qilgan murojaati yuzasidan Nurobod tuman prokuraturasi "Nurobod agro tomorqa servis" MChJga nisbatan jinoiy ish ochilgani to‘g‘risida xabar bergan.

Nurobod tuman hokimi o‘rinbosari Rashid Ibragimovning ta’kidlashicha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov jarayoni ketayotgan ekan. "Nurobod agro tomorqa servis" MChJ 300 nafar aholiga issiqxona qurib berib, pullarini ololmagan bo‘lsa, 60-70 nafar fuqaro esa oldindan pulini to‘lab, issiqxona qurdira olmagan.

Voqealar rivojini kuzatib qolamiz!