Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nuroboddagi «Sazag‘on» poligonida «101 jangchi» filmi suratga olinmoqda

Markaziy harbiy okrugga qarashli «Sazag‘on» dala-o‘quv maydonida Ikkinchi jahon urushi davridagi o‘zbek qahramonlari haqida film suratga olinmoqda.

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan kino sahnalarida Samarqand garnizonida xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar ham ishtirok etmoqda.

Mahorat bilan tayyorlangan eksponatlar, 1941-1945 yillardagi askar ust-boshi, fashist ofitserini yurish-turishidan tortib, gapirishigacha o‘sha zamon manzarasini to‘liq aks ettirgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.