Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nuroboddan o‘tuvchi A-378 yo‘lidagi qoidalarga rioya qilmagan yozuvlar «jazolandi»

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun A-378 xalqaro magistral yo‘lining Nurobod tumanidan o‘tuvchi qismi Nurobod tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Qilichov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganilganda bir qator o‘zbek tili qoidalariga rioya qilinmagan holatlar aniqlandi.

Fuqarolar va tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borilib, o‘zbek tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama bannerlari olib tashlandi.

Bu kabi ishlar tumanda muntazam ravishda olib borilmoqda.