Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodning obod qishloqlari ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Nurobod tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi munosib kutib olindi. “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida tadbirlar tashkil etildi.

Ahamiyatlisi, bayram oldidan “Obod qishloq” dasturi asosida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilgan Navro‘z, Ulus va Halqobod  mahallalarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 3 ta suv inshooti foydalanishga topshirildi. Ulardan ikkitasi yangi qurilgan, bittasi esa rekonstruksiyadan chiqarilgan suv inshootlaridir. Ushbu suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1934,9 million so‘m  mablag‘ sarflanib, hududdagi 10 ming nafardan ortiq aholi markazlashgan ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.