Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodning tog‘li hududida yangi MTT ochildi

Bugun Nurobod tumanining Oqsoy qishlog‘ida yangi 5-maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi ochilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti 100 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, 16 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

3 milliard 90 million so‘m mablag‘ evaziga “Qiyqim me’mori” qurilish korxonasi tomonidan bunyod etilgan MTT zamonaviy mebellar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar bilan jihozlangan.

Dilobar AMIROVA.