Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ochlik e’lon qilgan tadbirkor soppa-sog‘, vafot etmagan

2019 yilning iyul oyida Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan fuqaro Rahim Xodjayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani haqida xabar bergan edik.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Rahim Xodjayevning unga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasidan norozi bo‘lib, ochlik e’lon qilganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2019 yil 23 sentyabr kuni internetdagi saytlarning birida fuqaro Rahim Xodjayevning ochlikka chiday olmay qamoqxonada vafot etgani to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilingan.

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ushbu ma’lumot asossiz bo‘lib, Rahim Xodjayev hozirda viloyat IIB jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli tergov hibsxonasida saqlanayotgani haqida ma’lum qildi.

"Rahim Xodjayev soppa-sog‘ va oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilmoqda", deyilgan boshqarma xabarida.

U bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan suhbat o‘tkazilgan.