Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Odam o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida aybdor haydovchiga qanday chora ko‘rildi?

Urgut tumanidagi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi J.Arslanov tomonidan yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq jinoyat ishi sayyor sudda ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi B.Mo‘minov  joriy yilning 8 iyul kuni soat 23:30 larda, “Urgut-Qoratepa” avtomobil yo‘lida boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli avtomashina bilan Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda I.I. ni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

B.Mo‘minov JKning 266-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, (jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi inobatga olindi), JKning 45, 57-moddalari qo‘llanilib, 2 yil transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish va oylik ish haqining 30 foizini davlat hisobiga undirish sharti bilan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Urgut tuman sudi.