Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Odamlar bugungidan ertaga yaxshiroq baxtni orzu qiladi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda yoshlarning har tomonlama komil inson bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, yoshlarni chetdan kirib kelayotgan turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash masalalari muhokama qilindi.

- Odamlar bugungidan ertaga yaxshiroq baxtni orzu qiladi va bu milliy g‘oya ro‘yobi darajasini ko‘rsatadi, - deydi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi Ziyodulla Avazov. - Milliy g‘oya shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi. “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarimizda ham milliy g‘oyamizni aholi, xususan, yoshlar ongiga singdirishga harakat qilyapmiz.

Ulug‘bek KAMOLOV.