Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Odamlarni aldab, chuv tushirib yurgan kattaqo‘rg‘onlik firibgar qo‘lga olindi

Amaldagi qonunlar va o‘z haq-huquqini bilmagan inson har qadamda pand yeyishini Ishtixon tumanida yashovchi H.T. misolida ko‘rish mumkin, deb yozmoqda Postda.uz nashri.

Uning qonunlarni yaxshi bilmasligini anglagan firibgar «uch kun ichida avtomashinaga ega bo‘lasiz deb, undan 100 million so‘mni qurtdek sanab oladi va izsiz yo‘qoladi.

Noiloj qolgan H.T. voqea yuzasidan tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi.

Ayni paytda odamlarni aldab, chuv tushirib yurgan kattaqo‘rg‘onlik A.Sh. qo‘lga olindi.