Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ogahiy haqida kinofilm yaratiladi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi tomonidan shoir, tarixchi va tarjimon Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy haqida hujjatli film suratga olinadi. Bu haqda "O‘zbekkino" Milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

"Ogahiy" filmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil "Adiblar xiyoboni"ga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan suratga olinmoqda. Mazkur kinokartina "Xalq yuragi" nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Ssenariy muallifi - Go‘zaloy Matyoqubova. Postanovkachi rejissyor - Murodjon Odilov.

Hozirgi kunda film ijodkorlari tayyorgarlik jarayonlari uchun Xorazm viloyati Xiva shahriga safar qilgan. Ijodiy guruh ishni Ogahiy qabrini ziyorat qilishdan boshladi.