Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida samarqandlik sportchilar g‘alaba qozondi

16-20 sentyabr kunlari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Respublika musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Samarqand viloyati sportchilari ham ishtirok etishdi.

Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, umidli sportchi, 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Xojiakbar Olimov yosh bo‘lishiga qaramay kattalar o‘rtasida tengsizligini namoyish etib, dast ko‘tarishda 153 kilogramm, siltab ko‘tarishda 185 kilogramm natija bilan, Yoshlik sport jamiyati sportchisi Og‘abek Sobirov 55 kilogramm vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 73 kilogramm vazn toifasida O.To‘xtayev, 96 kilogramm vazn toifasida Sh.Amriddinov, 109 kilogramm vazn toifasida A.Xojiyevlar faxrli 2-o‘rinni, 55 kilogramm vazn toifasida A.Abdujamilov hamda 87 kilogramm vazn toifasida U.Sadriddinov 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.