Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Okeanda 133 kun. Pan Lyan qanday qilib omon qoldi?

Bundan 78 yil avval braziliyalik uch baliqchi 24 yoshli yigitni qutqarib qolishdi. Ma’lum bo‘lishicha, u to‘rt oydan ko‘proq vaqt davomida Atlantika okeani suvlarida jon saqlashga muvaffaq bo‘lgan. U buni qanday qildi?

Vaziyat qurboni

Pan 1918 yilda Xitoyning Xaynan provitsiyasida tug‘ilgan. U aksariyat mahalliy aholi singari dengizchi kasbini tanlagan. 1942 yilda 24 yoshli yigit Britaniyaning savdo yuklari tashiydigan «Ben Lomond» kemasida styuard sifatida ishga joylashdi. Urush paytida bu ish o‘ta xavfli bo‘lgan, ammo yaxshi haq to‘langan.

Lyanning kemasi tijoriy hisoblansa-da, u harbiy transportga o‘xshab ketardi. 1942 yilning noyabr oyida Keyptaundan Gollandiyaning Gvianu shahriga rejalashtirilgan reysda unga nemis suvosti kemasi hujum qildi. Snaryad kemaga shikast yetkazishi natijasida u tezda cho‘ka boshladi. Pan Lyan darhol qutqaruv nimchasini kiyib oldi. U kema qozonxonalari portlashidan oldin o‘zini suvga tashladi. Ba’zi ma’lumlotlarga ko‘ra, o‘shanda 55 dengizchidan atigi 11 nafari qochishga muvaffaq bo‘lgan. Omadli kishilardan biri Pan bo‘lib chiqdi.

Qutqaruv kemasi

Ummonda bir necha soat vaqt o‘tkazgan yigit 2,5x2,5 metrlik hech kimi yuq kichik bir solsimon yassi kemani ko‘rib qoldi. Unga chiqib, atrofni kuzatdi. Bortda 40 litr suv, bir necha quti konserva va pechene, bir oz shakar va shokolad, fonar va bir nechta signal chiroqlari bor edi. Bunday oziq-ovqat zaxirasi yigitga yordam kelguncha yetarli bo‘lishi kerak edi.

Kunlar va haftalar o‘tdi, garchi kema yuk tashuvchilar hududida halokatga uchragan bo‘lsa-da, qutqaruvchilardan darak bo‘lmadi. Yigit mahsulotlarni avvaliga haftaga, so‘ngra oylarga taqsimlab chiqdi.

Ekstremal sharoit

Shu vaqt davomida oziq-ovqat tugadi. Lyan chodirda yomg‘ir suvini yig‘a boshladi. Bir necha kunlik tajribalardan so‘ng g‘ildirakka aylantirgan chiroq simlari bilan baliq ovlay boshladi. Bir kuni u hatto akula ushlashga muvaffaq bo‘ldi. Yirtqich uni o‘ldirishiga sal qoldi, lekin Lyan uni konserva bankasi bilan bir yoqlik qildi. Yigit qush ovlash usulini ham o‘ylab topdi. Go‘shtning bir qismini yeb, qolganini quyoshda qurita boshladi.

Harakatsizlikdan oyoqlari shishib ketar, Lyan suzish orqali muammo bilan kurashishga urinardi, cho‘kib ketmaslik uchun o‘zini arqon bilan kemaga bog‘lab qo‘yardi.

Uzoq kutilgan najot

Kunlarning birida Lyan okean suvining rangi keskin o‘zgarib ketganini payqadi. Bu quruqlik yaqinligini anglatardi. Bundan tashqari, chaykalar kema ustida ko‘proq aylana boshlagandi.  Ichki hissi uni aldamadi, tez orada braziliyalik baliqchilar uni ko‘rib qoldi va 1943 yilning 5 aprelida xitoylik dengizchi qutqarildi. Ko‘rinishiga qarab baliqchilar yigit kunlarini ancha vaqt ochiq okeanda o‘tkazganligini anglab olishdi.

Ajoyib rekord

Baliqchilar yigitni Maraja ko‘rfasiga olib borishdi va tarjimon orqali Lyan Pan «Ben Lomond» kemasi halokatga uchraganda omon qolganligini bilib olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, yigit bir necha oy davomida o‘lik deb taxmin qilingan. Okeanda u 133 kunni yolg‘iz o‘tkazdi. Terisi qo‘pol va yorilib ketgan, ba’zi joylari hatto kuygan edi. Shu bilan birga dengizchi atigi 9 kilogramm vazn yo‘qotdi. Bundan tashqari, u solsimon kemada yolg‘iz o‘zi turish bo‘yicha shu vaqtga qadar hech kim qila olmagan rekordni o‘rnatdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.