Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘limidan keyin o‘g‘irlab ketilgan mashhur kishilar

Mashhur kishilarning ko‘plab muxlislari bor, ba’zida ular o‘z arzandalarini hatto o‘limidan keyin ham yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Mashhur odamlarning jasadlari dafn etilgandan keyin o‘g‘irlangan holatlar yetarli, ularning ko‘pchiligi bedarak yo‘qolgan. 1978 yilning 1 martida marhum Charli Charlinning jasadi o‘g‘irlab ketilgani o‘sha paytdagi eng olamshumul yangilik bo‘lgan edi. Bugun vafotidan so‘ng o‘g‘irlab ketilgan boshqa ulug‘ insonlar haqida bilib olamiz.

Dante Aligeri

Посмертное похищение Данте Алигьери./ Фото: regnum.ru

O‘lmas “Ilohiy komediya”ning mashhur yaratuvchisiga nafaqat hayotligida, balki vafotidan keyin ham omad kulib boqmagan. Hayotligida u bid’atchi sifatida tan olingan va Florensiyadan haydalgan, shu sababli u Ravenna shahridagi cherkovlarning birida dafn etilgan. Ko‘pgina daholar singari Dante faqat o‘limidan keyin e’tirof etildi, shoir o‘z ona yurtiga tantanali ravishda dafn etishga qaror qilindi. Ochilgan tobut bo‘sh bo‘lib, marosim ishtirokchilarini sarosimaga qo‘ydi.

Qayta dafn etish boshqa kunga qoldirildi, Rim Papasi Lev Xga Dantening o‘zi qaytib kelib, jasadini olib ketganligi haqida xabar berishdi.

Asrlar o‘tdi va IX asrda iste’dodli shoirning 600 yilligini nishonlash arafasida Ravennadagi cherkovni tiklashga qaror qilindi. Quruvchilar devorlarning birini buzib, o‘ymakorlik yozuvi bo‘lgan yog‘och qutini topishdi. Unda “Dantening suyaklarini bu yerga 1677 yilda Antonio Santi qo‘ydi”, degan yozuv bor edi.

Gogol Nikolay Vasilevich

Посмертное похищение Гоголя Николая Васильевича./ Фото: kak.znate.ru

Rus nosiri, shoir va tanqidchisi tirikligida o‘zining “g‘alati”ligi bilan ajralib turgan, biroq o‘limidan keyin ham u o‘z ortidan sir qoldirishini kim ham tasavvur qilgan ekan?
1931 yilda Gogolni qayta dafn etishga qaror qilindi. Oldingi hikoyadan farqli o‘laroq, hamma narsa joyida edi... Faqat Nikolay Vasilevichning boshidan tashqari. Gogol tanasining bu qismi kimga va nima uchun kerak bo‘lishi mumkin ekan? Bu hanuzgacha ochilmagan bir sir.

Zigmund Freyd

Deyarli yaqinda psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd (1856-1939)ning kuli saqlanadigan idish bilan ham xuddi shunday g‘alati voqea yuz berdi. Hamma Yangi 2013 yilni nishonlayotgan kechada noma’lum shaxslar taniqli shaxslar kullari joylashgan London krematoriysiga avstriyalik psixonalitikning kulini o‘g‘irlash maqsadida bostirib kirishdi. Hujumchilar o‘z rejasini amalga oshira olmadi, oxirgi daqiqalarda ular nimadandir qo‘rqib, lekin baribir idishning o‘ziga zarar yetkazib, “o‘lja”siz chiqib ketishga majbur bo‘lishdi.

Charli Chaplin

Nafaqat tiriklarni, balki o‘liklarni o‘g‘irlab ketib, evaziga to‘lov so‘rash mumkin ekan. 1978 yilning 1 martida Charli Chaplinning tobutini o‘g‘irlagan va uning bevasidan 650 ming dollar talab qilgan bosqinchilar shu qarorga kelishdi. Ushbu jinoyat aktyor hayotining 25 yilini o‘tkazgan Shveysariyadagi sokin Korse-syur-Vevey qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Beva “Charli buni kulgili deb aytgan bo‘lardi”, deya to‘lovni to‘lashdan bosh tortdi. Polsha va Bolgariyadan kelgan muhojirlar bo‘lib chiqqan ikki nafar o‘g‘ri tezda qo‘lga olindi va indamas komediyachining qoldiqlari asl joyidan 15 kilometr uzoqlikda topildi. Jasadga takroriy bosqinni oldini olish maqsadida qabr betonlashtirib qo‘yildi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.