Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri: "Bugun kechagiday ishlab bo‘lmaydi, oliy o‘quv yurtlarimiz xalqaro reytinglarda o‘rin olishi kerak"

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov SamDUda bo‘ldi.

Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov vazirni universitetda amalga oshirilayotgan yangi istiqbolli loyihalar va qurilish ob’yektlari bilan tanishtirdi. Biologiya fakultetidagi yangi laboratoriya, tarix fakulteti yonida qurilayotgan 1500 o‘rinli auditoriyalar binosi, shuningdek, pedagogika fakultetida qurilishi rejalashtirilgan o‘quv-binolari loyihalari haqida ma’lumot berdi.

2021 yil 1 sentyabrdan faoliyat boshlashi kutilayotgan universitet tuzilmasidagi fizika sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi Samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi institutining kelajak istiqbollari hamda universitetning O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutini tashkil etish loyihalari ko‘rib chiqildi.

Vazir biologiya fakultetining o‘quv-ilmiy muzeyiga tashrif buyurib, u yerda joylashgan eksponatlarni ham ko‘zdan kechirdi.

- Bugun kechagiday ishlab bo‘lmaydi, - dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov. - Bugunning o‘z talablari bor. Oliy o‘quv yurtlarimiz xalqaro reytinglardan o‘rin olishi kerak. Ilm-fanimiz jahon ilm-faniga integratsiyalashishi zarur. Jumladan, Samarqand davlat universiteti respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tizimiga o‘rnak va namuna bo‘lishi lozim.

Otabek Sa’dullayev,

Shavkat Akramov (foto).